"Barselona" klubi himoyachisi Oskar Mingueza klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda "MD" nashri.

Manbaning xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning ishonchini qozongan va klub u bilan shu hafta juma kuni 2023 yilgacha mo'ljallangan kelishuvga erishadi.

Eslatib o'tamiz, bu mavsum La Ligada 23 o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.