21 yoshli niderlandiyalik futbolchining xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" Matteysni Erik Garsiya bilan juftlikda o'ynatishmoqchi.
De Ligt 2019 yildan beri "keksa sinora" sharafini himoya qiladi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar 0