«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 33-turi doirasida «Granada»ga qarshi kechgan bahsda (1:2) qizil kartochka olgan edi.

U mehmonlarning birinchi golidan keyin to'rtinchi hakamga hurmatsizlik ko'rsatgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkaga loyiq ko'rilgan.

Sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsalesning ma'lum qilishicha, joriy mavsumda to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan murabbiylar kamida ikkita o'yinga chetlatilmoqda.

Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, Kuman «Valensiya» va «Atletiko»ga qarshi bahslarda ishtirok eta olmaydi.