«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman hakam bilan ziddiyatga borgani uchun La Liganing ikki o'yiniga diskvalifikatsiya qilindi.

«Granada»ga qarshi bahsni (1:2) boshqarib borgan hakam Pablo Fuertes Kumanning to'rtinchi referiga aytgan haqoratli gapi uchun chetlatgandi.

Shu tariqa, niderlandiyalik mutaxassis «Valensiya» (2 may) hamda «Atletiko» (8 may) jamoalariga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.