[readimg]https://static.sports.uz/crop/74b354a42eec329d8adf8fe3cf3621a7.jpg[/readimg] U kecha xet-trik qayd etgan edi. Xabaringiz bor kecha Evropa ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. UEFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Sevilya” forvardi Munir musobaqaning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ta’kidlash kerakki, u "Dyudelanj"ga (5:2) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan edi. E’tiborlisi, ushbu o‘yindagi g‘alaba andalusiyaliklarni muddatidan avval pley-offga olib chiqdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu nomga Munirdan tashqari shuningdek Markus Rashford, Esteban Granero va Entso Krivellilar ham da’vogarlik qilishgan edi.