[readimg]https://championat.asia/upload/storage/527974_680.jpg[/readimg] “Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverdening aytishicha, o'z kelajagidan bezovta bo'layotgani yo'q. Murabbiyi shuningdek La Liga doirasida “Selta”ga qarshi uchrashuv haqida gapirdi. -Bizga g'alaba zarur. Biz olti daqiqa ichida “Levante”ga qarshi o'yinda imkoniyatni boy berdik. 3 ochko ishlashimiz shart. Bu jamoaga mag'lub bo'lish nimaligini bilamiz. SHu bois peshqadamlikni saqlab qolishmiz zarur. -Kelajagingizdan bezovta emasmisiz? -Yo'q. -Klub prezidenti bilan gaplashdizmi? -Biz birga tushlik qildik, u doim meni qo'llab-quvvatlab kelgan. Men uning daldasini his qilaman”, deydi Valverde.