32 yoshli futbolchining jarohati haqida klub matbuot xizmati shunday xabar berdi.

"Serxioning yuz chanog'i yuqori qismi jiddiy jarohatlangan. U yaxshi holatda, ammo buni davolash uchun bir qancha vaqt ketadi", - deyiladi bayonotda.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Atletiko" himoyachisi Stefan Savich bilan to'p uchun havodagi kurashda boshi bilan to'qnashib ketdi.

Ushbu mavsumda Buskets barcha turnirlarda 47 o'yinda qatnashdi.