«Barselona» ustozi Ronald Kuman «Atletiko» bilan o'yindagi (0:0) durangga munosabat bildirdi.

«Ikkala jamoada ham vaziyatlar bo'ldi. Yakundagi natija esa adolatli. Hali ham imkoniyat saqlanib turubdi» - deb yozdi Kuman tvitterda.

Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik mutaxassis diskvalifikatsiya tufayli zaxira o'rindig'ida yo'q edi.

Chempionat tugashiga uch tur qolganida, «Barsa» «Atletiko» dan 2 ochko ortda qolib, ikkinchi o'rinda bormoqda. Bir ochko ortda qolgan «Real Madrid» esa bugun o'z uchrashuvini o'tkazadi.