«Napoli» Yarim himoyachi Fabian Ruis faoliyatini Ispaniyada davom ettirmoqchi.

25 yoshli futbolchiga «Real» va «Barselona» qiziqish bildirmoqda.

Xabar qilinishicha, yarim himoyachi oldindan «qaymoqranglilar» bilan kelishuvga erishgan, ammo futbolchi «ko'k-anorranglilar»ga o'tish uchun uni bekor qilishi mumkin.

Ruis «Barsa» bilan o'zining rivojlanishi uchun yanada yaxshi istiqbollarga ega bo'lishiga ishonadi.

Ushbu mavsumda ispaniyalik futbolchi «Napoli» tarkibida 39 o'yin o'tkazib, 3 gol urdi va 1 golli uzatma amalga oshirdi. Uning transfer qiymati 44 million evroni tashkil etadi.