Nufuzli manbalarga ko'ra, Andrea Pirlo Buffonning jamoadan ketishiga asosiy sabablardan biri hisoblanadi.

43 yoshli darvozabon Voytsex Shensni bilan haqiqiy raqobatga umid bog'lagan edi. U ko'proq o'ynashni xohladi. Biroq Pirlo joriy mavsum bunga imkon qoldirmadi.

Shuningdek, Buffon kiyinish xonasidagi muhitdan norozi. Darvozabon uning roli oddiy futbolchidan kattaroq bo'lishini kutgan. Buffon ba'zi katta jarayonlarga ta'sir o'tkazishni xohlaydi.

Natijada, faxriylar o'rtasidagi do'stlik buzildi. Buffon endi «Barselona»ga yo'l olishi mumkin.