Niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kuman yana bir bor Kataloniyaning «Barselona» jamoasidagi kelajagi haqida berilgan savolga javob berdi.

Bu Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida kechgan «Levante» bilan (3: 3) o'yindan so'ng sodir bo'ldi.

«Mas'uliyat menda, chunki men bosh murabbiyman. Men juda xafa bo'ldim. Jamoa etakchi edi, ochko yo'qotishimiz hech kimnng xayoliga ham kelmagan edi.

Murabbiylarga kelajak haqida tez-tez savollar berishadi. Tabiiyki, bunday natijadan keyin ular mendan norozi bo'lishadi», - deydi Kuman.

Ma'lumot o'rnida, ayni paytda Kataloniya klubi 76 ochko to'plab, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. «Atletiko Madrid» esa 77 ochko bilan Ispaniya chempionatida peshqadam bo'lib turibdi.