
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Parijdagi ko'chmas mulk agentligiga murojaat qilib, o'ziga Frantsiya poytaxtidan uy topishni so'radi. "Le10Sport" tarqatgan xabarga ko'ra, rieltorlar argentinalik futbolchiga bir nechta variantlarini taklif qilishdi. Ammo bu takliflar Leoni qanoatlantirmadi.Messining «Barselona» bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Avvalroq «PSJ» 33 yoshli ikki yillik shartnoma taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Lionel joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 46ta uchrashuvda maydonga tushib, 37ta gol va 14ta gol muallifiga aylandi.
Fikrlar 0