
«Barcelona» yozda forvard Antuan Grizmann uchun takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, deb xabar beradi Daily Mail.
Kataloniyaliklar bir necha oy ichida foydali taklifni qabul qilishsa, futbolchidan ajralishi mumkin. Frantsiyalik futbolchi uchun olingan mablag Erling Xolandning potentsial transferiga sarflanadi.
Joriy mavsum 30 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 49ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol va 12 ta golli pas berdi.
Oldinroq yozda «Barselona»ni 10 tagacha futbolchi tark etishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar 0