«Barcelona» ayollar jamoasi 2020/21 yilgi chempionlar ligasida g'olib bo'ldi.

Turnir finalida Kataloniya klubi futbolchilari birinchi bo'limda barcha gollarni urib, «Chelsi» ni 4:0 hisobida mag'lub etishdi.

Bu «Barselona» ayollar jamoasi uchun Chempionlar Ligasidagi birinchi g'alaba. 2019 yilda klub finalda o'ynagan, ammo «Lion»ga yutkazgan. 

Chempionlar ligasi Final (ayollar)

«Chelsi» (Angliya) — «Barselona» (Ispaniya) — 0:4 (0:4)

Gollar: Loypolts (avtogol), 1; Putelyas, 14; Bonmati, 21; Xansen, 36.