Ayollar o'rtasida o'tkazilgan Chempionlar Ligasi joriy mavsumining finalida «Barselona» «Chelsi»ni yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

«Barselona» ayollar jamoasi uchrashuvning 36-daqiqasigacha barcha to'rtta golni kiritishdi.

Kataloniyaliklar ilk bor mazkur musobaqada bosh sovringa ega chiqishdi.

Bundan tashqari, «Barselona» ham ayollar ham erkaklar o'rtasida Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lgan ilk jamoaga aylandi.