«Barselona» yaqin orada «Chertanovo» yarimhimoyachisi Sergey Pinyaev bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda rus matbuoti xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, "Barsa" Pinyaev bilan shartnoma imzolagach va uni «Ximki»ga ijaraga beradi. Bundan tashqari, futbolchi uchun Evropaning yana bir nechta jamoalari, shuningdek, Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi ham da'vogarlik qilmoqda.

16 yoshli Pinyaev joriy mavsumda 31 ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.