Qatarning "As-Sadd" klubi bosh murabbiyi Xavi kecha Barselona shahriga uchib keldi. Jurnalistlar undan "Barselona" prezidenti Joan Laporta uchrashuv haqida so'rashganida, mutaxassis quyidagicha javob berdi:«Men hech narsani bilmayman, men ta'tilga keldim»."Ko'k-anorranglilar" "Selta"ga yutqazib qo'yishganidan keyin klub bosh murabbiyi Ronald Kumanning kursisi qimirlab qoldi. Xavi esa jamoani boshqarish uchun asosiy nomzodga aylandi.Ayrim manbalarga ko'ra, Laporta va Xavi yaqin kunlarda uchrashishadi.