“Barselona” rahbariyati Flik bilan bog'langan. Prezident Joan Laporta mutaxassisni ko'ndirishga urinmoqda. Avvalroq, 56 yoshli mutaxassis “Bavariya”ni tark etib, Evro-2020'dan keyin Germaniya TJ ustoziga aylanishi xabar qilingandi. Biroq, tomonlar hali kelishuvga erishmagan.
“Ko'kanorranglilar”ni ayni vaqt Ronald Kuman boshqarmoqda. Rahbariyat La Liga chempionligi uchun kurash boy berilgandan keyin niderlandiyalikni mavsum oxirida iste'foga chiqarishga qaror qilganligi aytilmoqda.
Fikrlar 0