
«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bugun tizzasidan operatsiya qilindi. Shu bois, u Evro-2020 musobaqasini o'tkazib yuboradi. "Ko'k-anorranglilar" matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, 29 yoshli futbolchi o'ng oyog'ining tizza orti mushagi operatsiya qilindi. «Bugun hammasi yaxshi o'tdi. Endi men e'tiborni tiklanishga qarataman. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat», — deya yozdi germaniyalik posbon Tvitter orqali.«Barselona» ter Shtegenning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi haqida ma'lumot bermadi.
Fikrlar 2
E o'l e
Sog'lik tilaymiz Neto uchun yaxshi imkoniyat oxirgi turda o'zini ko'rsatish kerak