«Barselona» himoyachisi, fevraldan beri «Nitstsa»da ijarada bo'lgan Jan-Kler Todibo doimiy ravishda frantsuz klubiga o'tishi mumkin.

Eurosport.fr xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 21 yoshli frantsuzning sotilishidan 8 million evro mablag' oladi. Hozirgi og'ir iqtisodiy vaziyatni hisobga olsak bu klub uchun juda muhim transferlardan biri bo'lishi kutilyapti.

Todibo mavsumning birinchi yarmini «Benfika»da ijarada o'tkazdi.