«Ayaks» bosh murabbiyi Erik Ten Xag yozda hech qaerga ketmoqchi emas.

«Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag bu yozda «Barselona»ga o'tmaydi. Mundo Deportivo jurnalisti Francesk Aguilarning so'zlariga ko'ra, 51 yoshli mutaxassis sport direktori Mark Overmarsga bunday bo'lmaydi deb va'da bergan. U to'liq e'tiborini hozirgi jamoasi va ishiga qaratadi.

Avvalroq «Barselona» prezidenti Xuan Laporta «Bavariya»ning amaldagi bosh murabbiyi Xans-Diter Flikni klubga taklif qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.