
«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen klubni tark etmoqchi emas.
Jurnalist Fabrizio Romanoning fikriga ko'ra, o'yinchi Dortmundning «Borussiya» klubining transfer maqsadlari ro'yxatiga kiritilmagan.
«Ko'k-anorranglilar»dan ketishi borasida esa u bilan hech kim gaplashmagan. Germaniyalik posbon «Barsa»dagi faoliyatini davom ettirishni istamoqda.
Joriy mavsum 29 yoshli ter Shtegen La Ligada 31 o'yin o'tkazdi va ulardan 11 tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar 0