Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Luis Suares Lionel Messiga «Barselona»da qolishni maslahat bermoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Suares «Barsa»da  o'ynagan va u bilan Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan. Messi bilan ular azaldan do'st bo'lib kelishgan.

«Agar u qolsa, men xursand bo'laman. Buni Leoga muxlis sifatida va do'st sifatida aytaman. U «Barselona»da qolsin, bu har tomonlama to'g'ri bo'ladi.

Shaxsiy suhbatda bu haqda hali gaplashmadik. Shu kunlarda biz uchrashishimiz kerak», - deydi urugvaylik.