Xabaringiz bor, "Vilyarreal" Evropa Ligasi finalida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etib, g'alabaga erishdi.

Endi "Vilyarreal" ELdagi g'alaba evaziga ChL-2021/22 yilgi mavsum guruh bosqichida ishtirok etadi.

"Vilyarreal" o'tgan mavsum yakuniga ko'ra, La Ligada 7-o'rinni egalladi.

Shunday ekan, Chempionlar Ligasida yangi mavsumda Ispaniyadan besh jamoa bo'ladi - "Atletiko", "Real", "Barselona", "Sevilya" va "Vilyarreal. 

Bu kelasi mavsum uchun qayd etiladigan kamdan kam holatlardan biri.