
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati tizzasidan qilingan operatsiyadan keyingi tiklanish jarayonini boshladi. AS tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchining tizzasi Portugaliyada muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Uning tiklanish jarayonini fizioterapevt Xavi Eleyn o'z nazoratiga olgan.Ma'lumotlarga qaraganda, Fati 6 haftadan so'ng «Barsa» mashg'ulotlariga qaytish uchun tayyor bo'ladi. Demak, u jamoa bilan mavsumoldi yig'inida ishtirok etadi. 18 yoshli futbolchi mavsum-2020/21ning aksariyat qismini jarohat tufayli o'tkazib yubordi.
Fikrlar 1
Yangi mavsumda omad tilaymiz sog'ayib yanada kuchga to'lib qaytadi xudo xoxlasa