Darvozabon Janluidji Donnarumma o'ziga yangi klub qidirishda davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, italiyalik futbolchi bir kun oldin Milanni tark etgan edi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, ayni paytda 21 yoshli kiper uchun Evropaning uchta top klubi kurash olib bormoqda. «Barselona», «Yuventus» va PSJ Donnarummani o'z jamoalarida ko'rishni istaydi.

Futbolchining agenti Mino Rayola mijozi uchun kamida 10 million evro maosh talab qiladi.