Serxio Agueroning «Barselona»da qancha ishlab topishi ma'lum bo'ldi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, argentinalikning ikki yillik shartnomasi uchun Kataloniya klubi yiliga 6 mln evro maosh to'laydi.

Solishtirish uchun, u "Manchester Siti"da yiliga 23 mln evro ishlab topardi.

Agueroda «Barselona»ga nisbatan «Yuventus»dan yaxshigina taklif bo'lgandi, ammo Lionel Messi do'sti borligi uchun «Barsa»ni tanladi.

Bundan tashqari, Serxioning gollari, g'alabalar va sovrinlariga qarab bonuslar qo'shib berilishi ham shartnomada yozilgan.