PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yakuniga etgan mavsumdagi eng esda qolarli o'yinni yodga oldi.

U "Barselona" bilan bahsda xet-trik amalga oshirgandi. "Bu faoliyatimdagi eng zo'r o'yin. Chunki u zo'r chiqqandi. Men jamoaga hujumda ham, himoyada ham yordam bera olgandim, vaziyatlarni yaratishda va yakunlashda qatnashgandim. 

Qarama-qarshiliklarning 90 foizini yutganman, agar o'sha statistika to'g'ri bo'lsa", - dedi frantsiyalik futbolchi.