«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman bir shart evaziga jamoada qolishi mumkin.

Ispan matbuotiga ma'lum bo'lishicha, niderlandiyalik mutaxassis rahbariyatning maoshlarni qisqartirish bo'yicha shartlariga ko'nishiga to'g'ri keladi.

Agar kelasi mavsum «ko'k-anorranglilar» La Liga chempionligi va mamlakat kubogi, shuningdek, EChLni yutadigan bo'lsa, Kumanga kattagina bonus tayyorlab qo'yilgan.