Barcelona
[readimg]https://stadion.uz/images/news/vidal38.jpg[/readimg]
[b]Tuttosport nashrining tarqatgan xabariga qaraganda, Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal ohir-oqibat «Inter» klubiga o'tadiganga o'hshaydi.
32 yoshli chililik yarim himoyachining xizmatiga “Inter” klubi bosh murabbiyi Antonio Kontening shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda.
Xabarda aytilishicha, «Inter» Vidal uchun 25 million evro taklif qildi.
Avvalroq, “Barselona” rahbariyati Vidal uchun 40 million evro so'ragan edi, lekin italiyaliklar rad javobini bergan edi.[/b]
UB
Fikrlar 2
Ketsin y.himoyachi kupku
O'tmasinde