«Barcelona» markaziy himoyachisi Kleman Langle Kataloniya klubida o'ynashni davom ettirishini aniq aytib o'tdi.

«Men hech qaerga ketmoqchi emasman. O'tgan mavsumda klub bilan shartnomani uzaytirganman, shuning uchun men albatta qolaman», - deya frantsiyalikning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

25 yoshli futbolchining "blaugranas" bilan amaldagi kelishuvi 2026 yil iyungacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda Langle «Barsa» safida 48 uchrashuv o'tkazdi va 1 gol urdi.