
AS nashrining xabar berishicha, «Barselona» «Liverpul»ga yarimhimoyachi Filippe Koutinoni bepul qaytarishni taklif qilgan.
Manbaning xabariga ko'ra, bu holatda kataloniyaliklar braziliyalikning transferi uchun hali ham qarzdor bo'lgan mersisaydliklarga qo'shimcha 50 million evro to'lamaydilar. Bu holat Filippening olayotgan katta maoshining ortiqchaligi bilan o'lchanmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2018 yilda «Barselona» Koutinoni «Liverpul»dan 165 million evroga sotib olgandi. O'tgan mavsumda 28 yoshli braziliyalik yarimhimoyachi Ispaniya chempionatida 12 o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va shuncha golga uzatma berdi.
Fikrlar 0