
Jurnalist Nikola Skiraning so'zlariga ko'ra, «Milan» darvozaboni Janluidji Donnarumma klubini o'zgartirishga yaqin turibdi.
Manbaga ko'ra, «Yuventus» 22 yoshli darvozabonni erkin agent sifatida sotib olishiga ishonadi. Qayd etilishicha, «Barselona» ham futbolchi uchun taklif bilan chiqqan, ammo «Yuve» o'tgan qishdan beri yosh Jijining agenti Mino Rayola bilan muzokara olib bormoqda va yiliga 10 million evro maosh bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishib oldi.
Qayd etilishicha, turinliklar darvozaboni Voytsex Shensni Premer-ligaga o'tishi kutilyapti.
Donnarumma joriy mavsum A Seriyadagi 13 ta uchrashuvda qatnashdi.
Fikrlar 0