"Barselona" ish haqi miqdorini kamaytirish uchun ko'plab futbolchilarni transfer qilmoqchi,  deb xabar berdi Diario Sport.Manbaga ko'ra, "Vulverxempton" Kataloniya klubining yarim himoyachilari  Karles Alenya va Frantsisko Trinkauga qiziqish bildirmoqda. Alenyaga, shuningdek, "Valensiya",   "Granada" va "Xetafe" ham qiziqyapti.Hujumchi Martin Breytueyt "Barselona"da qolmoqchi, ammo Kataloniya klubi uni sotmoqchi. 

Forvard borasida  yakuniy qaror Evro-2020dan so'ng qabul qilinadi.Himoyachi Junior Firpo "Inter" va "Milan"ga qiziqish bildirmoqda, ammo italiyaliklarning  takliflari "Barselona"ga mos kelmayapti, shuning uchun u ingliz klublaridan biriga sotilishi  mumkin.Yarim himoyachi Miralem Pyanich sobiq jamoasi "Yuventus"ga qaytishga tayyor.Shuningdek, "Barselona" yarim himoyachilar Filippe Koutino va Mateus Fernandes hamda  himoyachi Samuel Yumtitidan qutulmoqchi.