[readimg]https://penalti.asia/files/uploads/crop/d098f1a22c939bbe7bb5b1d375067fea.jpg[/readimg] [b]Ushbu transfer amalga oshmasligi mumkinligiga turli sabablar bor. "Barselona" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Rashfordning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda kataloniyaliklar 21 yoshli ingliz futbolchisini jamoaning 32 yoshli urugvaylik forvardi Luis Suares o‘rniga munosib nomzodlardan biri sifatida qarashmoqda. Biroq, Reshfordning yaqindagina “qizil iblislar” bilan 2023 yilga qadar shartnomani uzaytirgani “Barsa”ning rejalarini amalga oshirish yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari Reshford o‘z intervyularidan birida o‘zini ingliz futbolining muxlisi deb aytgan. Shu bois uning Ispaniya chempionatiga o‘tish ehtimollari biroz pastroq.[/b]