"Barselona" yozda "Lion"ni erkin agent sifatida tark etadigan hujumchi Memfis Depay bilan  muzokaralarni davom ettirmoqda.Kataloniya klubi forvardga taklifni yaxshiladi, chunki klub "Barsa" bilan kelishuvga yaqin  bo'lgan, ammo so'nggi daqiqada PSJni tanlagan yarim himoyachi Jorjino Viynaldum bilan vaziyat  takrorlanishini istamaydi."Barcelona" 27 yoshli hujumchi Kataloniya klubiga o'tishi uchun yaxshiroq taklif qildi.Endi "ko'k-anorranglilar" Depayga avvalgidan yuqori maosh bilan 2+1 ko'rinishida shartnoma taklif qilmoqda.