"Lion" klubi va Gollandiya terma jamoasi hujumchisi Memfis Depay "Barselona"ga o'tishga qaror  qildi, deb xabar beradi Diario Sport.

Manbaga ko'ra, transfer rasman keyingi hafta e'lon qilinadi. Ayni paytda Kataloniya klubi  kerakli ruxsatni olishi kerak. Depay Evro-2020dan qaytganidan so'ng "Barselona"ga qaytadi.27 yoshli Depay "Barselona"ga erkin agent sifatida o'tadi, chunki "Lion" bilan shartnomasi iyun  oxirida nihoyasiga etadi.O'tgan mavsumda Depay barcha turnirlarda 40 uchrashuv o'tkazdi, 22 gol urdi va 12 golga uzatma  berdi.