«Napoli» hujumchisi Lorentso Insine faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, deb yozadi SportItalia.

Qayd etilishicha, «Barcelona» allaqachon futbolchining agentlari bilan aloqaga chiqqan. Futbolchi yaqin orada klubini o'zgartirishi mumkin, chunki u neapolliklar bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.

O'tgan mavsumda Insine A Seriyada 35 uchrashuv o'tkazib, 19 gol va 7 ta golli pasni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.