"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Kataloniya klubida qolishga qaror qildi.

Cadena COPE xabariga ko'ra, argentinalik forvard "Barsa" prezidenti Joan Laportega shartnomani uzaytirish taklifini qabul qilayotganini aytgan.

Shartnoma "1 + 1" sxemasi bo'yicha uzaytiriladi. Ya'ni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan bir yilga.

Oldinroq, "Barselona" Messi bilan tug'ilgan kunida shartnomani uzaytirishi haqida e'lon qilishi haqida xabar berilgandi.