«Barcelona» klubi o'z futbolchisi Usman Dembelening jarohati tufayli Frantsiya futbol federatsiyasidan tovon puli talab qilishi mumkin.

FIFAning qoidalari bu borada aniq yozib qo'yilgan, ya'ni, o'z milliy terma jamoalarida o'yinchi har qanday jarohat olsa va o'z klubidan 28 kunga uzoqlashgan taqdirda, ularning klublari tovon puli talab qilishga haqli.

«Barcelona» 16 iyulgacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.

Eslatib o'tamiz, tovon puli 7,5 million evroni tashkil qilishi mumkin.