Diario Sport xabariga ko'ra, Daniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Mikkel Damsgor «Barselona» qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

Kataloniya klubi 20 yoshli yarimhimoyachining Evro-2020dagi o'yinlarini kuzatib bormoqda. A Seriya va Premer-liga klublari ham «Sampdoriya» futbolchisiga da'vogarlik qilishmoqda.

Evropa chempionati doirasida Damsgor ikkita uchrashuvda maydonga tushib, gol urishning uddasidan chiqdi.