La Vanguardia xabariga ko'ra, Ispaniya La Ligasidagi o'yinlarga tomoshabinlar kelasi mavsumdan boshlab tashrif buyurishlari mumkin.

Bu haqda Ispaniya hukumati e'lon qilmoqda. Ayni paytda klublarga stadionlarni to'liq yoki qisman to'ldirishga ruxsat beriladimi-yo'qmi hali aniqlanmagan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum oxirida Ispaniyaning ayrim mintaqalarida o'yinlarga cheklangan miqdordagi tomoshabinlar kirishiga ruxsat berilgandi.