
Sky Germany xabariga ko'ra, «Bavariya» yarimhimoyachisi Leon Goretska klubdan ketishi haqida o'ylamoqda.
Myunxenliklarning yangi shartnoma borasidagi takliflari futbolchini qoniqtirmadi. Nemisning jamoa bilan amaldagi kelishuvi bir yildan so'ng o'z nihoyasiga etadi, shu sababli «Bavariya» futbolchini yozda sotib yuborishni reja qilgan. Leon allaqachon agentiga yangi klub topishni buyurgan.
Xabar qilinishicha, 26 yoshli yarimhimoyachini «Barselona» sotib olmoqchi. O'tgan mavsumda Goretska Bundesliganing 24 uchrashuvida 5 ta gol va 5 ta golli pasni amalga oshirdi.
Fikrlar 0