Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Barcelona» Mark-Andre Ter Shtegenga o'rinbosar qidirmoqda.

Zaxiradagi darvozabon Neto esa ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida klub lagerini tark etmoqchi.

Ma'lum qilinishicha, ko'rib chiqilayotgan nomzodlar orasida «Roma» posboni Pau Lopes ham bor. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan, may oyidan buyon darvozabon elkasidan olgan jarohatini tiklash bilan band.

Neto kelasi mavsum uchun Mourinoning rejalaridan joy olmadi. 26 yoshli ispaniyalikka shuningdek «Valensiya», «Granada», «Nitstsa» hamda «Marsel» klublari qiziqish bildirmoqda.

O'tgan mavsumda Lopes A Seriyaning 21 bahsida maydonga tushib, 4 ta «quruq o'yin» o'tkazdi.