Kataloniyaning «Barselona» klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, ilgari «Nitstsa»da ijarada o'ynagan Jan-Kler Todiboni frantsuz klubi to'liq sotib oldi.

«Nitstsa» 21 yoshli futbolchi uchun 8,5 million evro to'lagani aytilmoqda. Yana 7 millionni kataloniyaliklar bonuslar shaklida olishlari mumkin.

Bundan tashqari, «Barcelona» Todiboning keyingi transferidan foizlarni ham saqlab qoldi.