«Inter» yarimhimoyachisi Marselo Brozovich faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

Sportitalia xabariga ko'ra, hozirda «Barselona» 28 yoshli futbolchini aynan muammo ko'zga tashlanayotgan markaz zonasini kuchaytirish uchun sotib olishni o'ylamoqda.

Biroq «ko'k-anorranglilar» xorvai uchun muayyan summani hali e'lon qilmadi.

Oldinroq «Manchester Yunayted» ham Brozovichga da'vo qilgan edi.