«Barselona» prezidenti Joan Laporta yaqin kunlarda hujumchi Lionel Messi bilan shartnoma uzaytirilishini ma'lum qildi. «Messi klubda qolishini istaymiz. Leo ham jamoada qolishni xohlaydi. Barchasi reja asosida ketmoqda. Bizda moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq muammo bor. Biz hamma tomon uchun maqbul echimni qidirmoqdamiz», — dedi Laporta.Eslatib o'tamiz, Messi bugundan erkin agentga aylandi.