
«Barselona» yarimhimoyachisi Serxi Roberto «Inter» qiziqishlari markaziga tushib qolgan.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «neradzurrilar» 29 yoshli futbolchi haqida batafsil ma'lumot to'plashmoqda, ammo hozircha rasmiy taklif bilan murojaat qilinganicha yo'q.
Eslatib o'tamiz, avvalroq «Manchester Siti» Robertoga qiziqish bildirgan edi.
Serxining klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Uning transfer qiymati 18 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar 0