"San-Paulu" himoyachisi Dani Alves "Barselona"da birga o'ynagan hujumchi Lionel Messini maqtadi.

"Men hayotimda ko'rgan futbolchilar haqida faqat gapirishim mumkin. Ajoyib iste'dodlarni ko'rganman, ammo ular Leo qadar yuqori darajani ushlab turolmaganlar. Demak, u argentinalik bo'lsa ham, buni tan olaman: Messi tarixdagi eng buyuk futbolchi", - deydi Alves.

 Ma'lumot uchun, ayni damda Lionel Messi erkin agent hisoblanadi.