«Napoli» egasi Aurelio De Laurentiis hujumchi Lorentso Insine neapolliklar safidan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Insine «Napoli» tarbiyalanuvchisi ekanligini hamma biladi, ammo u klubdan charchagan bo'lsa va o'z kuchini Italiyadan tashqarida sinab ko'rmoqchi bo'lsa - bu uning tanlovi.

Avvalroq, uning «Barcelona»ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqayotgan edi.